#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

    2026-yil 4-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev talabalar bilan uchrashdi.
    1 oy avval Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar tomonidan ko‘tarilgan moliyaviy muammolar homiylar ko‘magida hal etildi. Natijada bir oy davomida maxsus dekoratsiya qurilib bitkazildi va talabalarga kurs ijodiy ishlarini professional sharoitlarda suratga olish imkoniyati yaratildi.

    Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan “Kinooperatorlik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Tolibayev Sultan hamda “Rejissura: kino va TV” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ataniyazov Abay tomonidan “Amadey” badiiy filmidan sahna ko‘rinishi suratga olinmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook