III UNIVERSIADA – SPORT VA BIRLIK!




2026-yil 19–21-oktabr kunlari Toshkent shahridagi D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida III Universiada bo‘lib o‘tmoqda.
Universiada doirasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali talabalari ham musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga intilishini namoyon etmoqdalar.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook
