“MOZIYGA SAYOHAT” DASTURI DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT

    2026-yil 17-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.

     Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va qadamjolarini ziyorat qilib, xalqimizning boy tarixiy merosi, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror me’moriy obidalar va nafis san’at namunalarini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

    Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning tarixiy-madaniy meros haqidagi bilimlarini boyitish hamda ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan sayohat yakunida ishtirokchilar shu kunning o‘zida Toshkent shahriga qaytib keldilar.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

III UNIVERSIADA – SPORT VA BIRLIK!

    2026-yil 19–21-oktabr kunlari Toshkent shahridagi D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialida Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida III Universiada bo‘lib o‘tmoqda.
     Universiada doirasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
   S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali talabalari ham musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga intilishini namoyon etmoqdalar.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

DRAMATURGIYA YO‘NALISHIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!

 

    «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filialida 2026–2027-o‘quv yili uchun Dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha 2 yillik ta’limga qabul davom etmoqda!
    «Shuhrat» medali sohibi Shokir Xoliqov ijodiy ustaxonasi
    Taniqli ssenarist, rejissyor, montaj ustasi, yosh tadqiqotchi va BDKU Toshkent filiali katta o‘qituvchisi Shokir Xoliqov o‘z ijodiy ustaxonasini ochadi.
    Ustaxonada dramaturgiya asoslari, ssenariy yozish va kino uchun ijodiy yondashuv bo‘yicha amaliy bilimlar beriladi.
    Ta’lim muddati — 2 yil.
    Ta’lim yakunida xalqaro darajadagi diplom beriladi.
     +998 99 855 74 20
    +998 99 147 22 66

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

MAHORAT DARSI: “MAVZU – MUALLIF SHAXSINING IFODASI”

2026-yil 15-oktabr kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Animatsiya va kompyuter grafikasi yo‘nalishining 1-bosqich talabalari uchun «Mavzu – muallif shaxsining ifodasi» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsini sovet va rossiyalik multiplikatsion kino rejissyori, rassom va ssenariynavis Stanislav Mixaylovich Sokolov hamda Virtual reallik va sun’iy intellekt fakulteti dekani Arseniy Sergeyevich Alibekov olib bordilar.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“TINCHLIK – OLIY NE’MAT” VA “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’RUZA

    2026-yil 15-oktabr kuni Yoshlar kuni doirasida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida “Tinchlik – oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.
     Ma’ruzada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish – ICESCO” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Rahimjanov Durbek Abidjanovich ishtirok etdi.
    Ma’ruza tinchlikni asrash, ma’rifatni yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglikni rivojlantirish hamda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

ANIMATSIYA TA’LIMI: YANGI IMKONIYATLAR!

     Uchrashuv doirasida filial direktori, professor I. M.Meliqo‘ziyev tomonidan Yaponiyadan maxsus xarid qilingan animatsion qo‘g‘irchoqlar hamda kitoblar talabalarga sovg‘a qilindi.

     Ushbu qo‘g‘irchoqlar talabalarning animatsiya sohasidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy tajribasini oshirish hamda animatsiya yaratish jarayonini amaliy o‘rganishiga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook