2024-yil 7-avgust kuni S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialiga BDKU prorektorlari tashrif buyurishdi.
2024-yil 7-avgust kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga BDKU prorektorlari tashrif buyurishdi.
BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Fomin Gleb Aleksandrovich va O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Korotkov Igor Vladimirovichni Toshkent xalqaro aeroportida filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev boshchiligida iliq kutib olindi.
Filial direktori I.Meliqo’ziev mehmonlarni birinchi navbatda filial bilan tanishtirdi. Mehmonlarga Filialda so’nggi kunlarda qilingan ishlar, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, ijodiy ustaxonalar ko’rsatildi.
I.Korotkov va G.Fominga filial faoliyati bo’yicha tayyorlangan taqdimot albom taqdim etildi.
BDKU prorektorlari Filialda 7-9-avgust kunlari bo’lib, faoliyatni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiradilar.