BDKU Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda

    ❗️S.A.Gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
    27 avgust 2024-yil S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev boshchiligida yig’ilish o’tkazildi.
    Y’ig’ilishda filialning 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan ish jarayoni, dars soatlari taqsimoti, belgilangan vazifalar ijrosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shu bilan birga, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan vazifalar taqdimoti namoyish etildi. Prodyuserlik va Ssenariynavislik fakultetlari dekanlariga dars soatlarini adolatli va shaffof tarzda taqsimlash, o‘quv yuklamalarining bajarilishini jiddiy nazoratga olish topshirig’i berildi.
    Shuningdek, yig’ilishda sentabr oyida o’tkaziladigan Toshkent xalqaro kino festivaliga filial talabalarini volontyor sifatida ishtirok etishga jalb qilish, festival doirasida tashkil etiladigan turli master-klasslar, seminar va konferensiyalarda ishtirok etishi ta’kidlandi.
    Filial direktori, professor Iqbol Meliqo’ziyev Zo’r TV bosh prodyseri bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirilayotganligi, bu loyiha BDKU Toshkent filiali talabalari uchun ularning ijodiy qobiliyatlarini ko’rsatishga xizmat qilishini aytib o’tdi.
Filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev mas’ullarga yangi o’quv yilidan barcha xodimlarga guvohnomalar tayyorlash, turniketlarni ishga tushirish, billing tizimi, Hemis platformalari bo’yicha shartnomalar tuzish topshirig’ini berdi.

Ссылка на видео: VGIKTashkent