Eronlik taniqli rejissyor Majid Majidi Toshkentga kelishi kutilmoqda
O‘zbek tomoshabinlariga “Muhammad – Allohning elchisi” filmi bilan tanish bo‘lgan eronlik rejissyor Majid Majidi Toshkent xalqaro kinofestivalining mehmoni bo‘lishi kutilmoqda.
Uning mashhurligi 90-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Rejissyorning “Osmon bolalari” filmi 1998-yilda “Oskar” kino mukofotining “Eng yaxshi xorijiy tildagi film” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotga nomzod bo‘lgan.
Bundan tashqari Majidining 1999-yildagi “Jannat guli” va 2001-yildagi “Yomg‘ir” filmlari mos ravishda Monreal kinofestivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Toshkent xalqaro kinofestivali Axborot xizmati