Multfilmni ovozlashtirish jarayoni!

    «Aktyorlik san’ati» yо‘nalishi 3-kurs talabalari «Ovozlash» fanidan multfilmlarni ovozlash mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

    🔖О‘qituvchilar: Yusupova Venera Ismetovna va Volodina Olga Viktorovna

    Bizning filialda amaliy mashg‘ulotlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, bu yerda talabalar professional dublyaj jarayonini olib boradilar!

 

 

21 oktyabr —O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim deya g‘ururlanishimiz uchun…

    Inson qiziqish, ehtiyoj yoki taqdir sabab qancha xorijiy tilni o‘rganadi, bu yaxshi, lekin o‘z ona tilida gapirganchalik huzur bilan muloqot qila olmaydi. Bu har bir millat vakili uchun tabiiy deb o‘ylayman.

    Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Davlat hamma sharoitni yaratyapti. E’tibor yuksak. Endi hamma gap uni to‘la-to‘kis hayotga tatbiq eta olishda.

    Aslida tilimiz o‘z asli, o‘z qadriga ega bo‘lishi yo‘lida minglab ma’rifatparvar, xalqparvar ajdodlarimiz jon fido qilganliklariga tarix guvoh. Bu haq, bu majburiyat avloddan-avlodga o‘tib, yashab kelyapti.

    Afsuski, ba’zan ana shu majburiyatni bajara olmayotgan, o‘zbek tili sofligini, rivojini ta’minlay olmayotgandekmiz.

    Aytmoqchimanki, bu majburiyat nafaqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti yoki boshqa tashkilot zimmasida, balki shu tilda so‘zlashuvchi har bir inson qalbidagi eng ulug‘ maqsadlardan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni hamma birdek qayg‘ursagina ona tilimiz, tom ma’noda, yuksak mavqega ko‘tariladi.

    Shundagina yana bir necha asrlarda so‘ng ham ona tilimiz o‘z aslicha yashayotgan bo‘ladi. Zotan, Alixonto‘ra Sog‘uniy ta’kidlaganidek: «Turkiston qayg‘usi» kitobida yozganidek: «Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar».

“O‘zbekligim-o‘zligim” NNT va Toshkent filiali (VGIK) hamkorligida e’lon qilingan tanlov

    “O‘zbekligim-o‘zligim” NNT va S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filiali (VGIK) hamkorligida e’lon qilingan tanlov o’z nihoyasiga yetdi. Tanlovga talabalar tomonidan tayyorlangan bir nechta loyihalar kelib tushdi.

Tanlov tashkiliy qo’mitasiga “Men O‘zbekman” mavzusidagi quyidagi ijodiy ishlar saralab olindi:

1. “Qisqa metrajli film” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Qatlnoma”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo

✔️ “Konduktor (Toshkentga yo‘l)”
Ssenariy muallifi va rejissyor Alisher Karimov

2. “Hujjatli film” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Men o‘zbekman. Nurxon Qurbonova”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo

✔️ “Певец из Бухары”
Produser Nikolay Shishkin

3. “Ijtimoiy rolik” yo’nalishi bo’yicha:

✔️ “Sangardak”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mirtemir Murodov

✔️ “Xiva”
Ssenariy muallifi va rejissyor Abay Ataniyazov

Eslatma:
Tanlov uchun arizalar 10-avgustdan 10-oktyabrgacha qabul qilindi!

Tanlov g’oliblari uchun qimmatbaho sovg’alar beriladi:

• 1-o‘rin uchun Asus Zenbook 14 OLED
• 2-o‘rin uchun planshet
• 3-o‘rin uchun smartfon

Videoga havola: BDKI Toshkent

 

Kinematografiya agentligi rahbariyati bilan uchrashuv

    🔈2024 yil 8 oktabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi VGIK filialida Kinematografiya agentligi direktori о‘rinbosari Alisher Xodjayev va filial direktori professor Iqbol Meliqо‘ziyev ishtirokida yig‘ilish о‘tkazildi. Unda ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan о‘tkazish tartibini takomillashtirish, filialning 2024/2025 о‘quv yiliga tayyorgarlik holati va ta’lim sifati muhokama qilindi.

    Mas’ullar tomonidan ish jarayoni, dars soatlarining taqsimoti, belgilangan vazifalarning ijrosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, attestatsiya va akkreditatsiyadan о‘tkazish tartibini takomillashtirish bо‘yicha yо‘l xaritalari ishlab chiqish va nazorat jadvallarini tuzish bо‘yicha topshiriqlar berildi.