Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Barchamiz uchun Vatanimizning muqaddas ramzi — Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Barchamiz uchun Vatanimizning muqaddas ramzi — Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi Kino boshqarmasi kо‘magida tashkil etilgan 9- Turkiya Jahon hujjatli kinofestivali doirasida “Kaya” filmining namoyishi о‘tkaziladi. Bu film allaqachon tan olinib, mukofotlarga sazovor bо‘lgan.
📅 Sana: 5 noyabr 2024 yil
🕥 Vaqt: 10:30
📍 Joyi: BDKI Toshkent filiali
🔂2024 yil 1 noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Rizayev SH.T. va BDKI ning filiallar bо‘yicha prorektori Fomin G.A. bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv davomida filialning moliyaviy dolzarb masalalar hamda akkreditatsiya amalga oshirish bо‘yicha muhokama qilindi.
🔂Ayniqsa, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va filialning moliyaviy ahvolini yaxshilash bо‘yicha strategik choralarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek keyingi ilmiy, о‘quv, ijodiy qadamlar va ularni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bugun, 2024 yil 1 noyabr kuni, Toshkent filialiga maxsus tashrif bilan filiallar bо‘yicha prorektor Fomin G.A. tashrif buyurdi. Ushbu yig‘ilishda filialda akkreditatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ustuvor yо‘nalishlar belgilab olindi.
Prorektorning tashrifi akkreditatsiya ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bо‘ldi, bu esa о‘z navbatida filial ta’lim faoliyati sifati oshishiga yordam beradi. Akkreditatsiyaning asosiy jihatlari muhokama qilindi, jumladan ta’lim dasturlarining belgilangan standartlar va talablarga mosligi hamda о‘qituvchilar tarkibini ushbu jarayonga faol jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
31-oktyabr kuni Krasnodarda “Molodoy kinovek” XX Xalqaro havaskor va professional filmlar kinofestivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Kinofestivalga Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Misr, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar davlatlardan 500 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ishlar 15 nominatsiya boʻyicha baholandi.
“Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasida 1-oʻrinni rejissyor, ssenariy muallifi Alisher Karimov, operator Umid Malikov, muharrir Husan Yusupov, prodyuser Baxtiyor Salaydinovdan iborat ijodiy guruh tomonidan yaratilgan “Konduktor” (“Toshkentga yoʻl”) filmi egalladi.
Mazkur film Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali bilan hamkorlikda suratga olingan 5 ta qisqa metrajli filmlardan biri boʻlib, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida mazkur filmlar premyerasi oʻtkazilgandi.