Maxsus tashrif bilan filiallar bо‘yicha prorektor Fomin G.A. tashrif buyurdi
Bugun, 2024 yil 1 noyabr kuni, Toshkent filialiga maxsus tashrif bilan filiallar bо‘yicha prorektor Fomin G.A. tashrif buyurdi. Ushbu yig‘ilishda filialda akkreditatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ustuvor yо‘nalishlar belgilab olindi.
Prorektorning tashrifi akkreditatsiya ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bо‘ldi, bu esa о‘z navbatida filial ta’lim faoliyati sifati oshishiga yordam beradi. Akkreditatsiyaning asosiy jihatlari muhokama qilindi, jumladan ta’lim dasturlarining belgilangan standartlar va talablarga mosligi hamda о‘qituvchilar tarkibini ushbu jarayonga faol jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.