2024 yil 4 dekabr kuni xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A. B. Tadjixanov, Vserosiya Davlat Kinematografiya Institutining filiallari bo‘yicha prorektori G. A. Fomin va Toshkentdagi VGIK filiali direktori I. M. Meliqo‘ziyev o‘rtasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda filialning akkreditatsiyasi, uning kelgusi rivoji, talabalar uchun sharoitlar yaxshilanishi hamda xalqaro mutaxassislar tomonidan maxorat darslar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, filialning samarali faoliyati va rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasidan moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.