4 dekabr kuni Toshkent BDKI filialida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

4 dekabr kuni Toshkent BDKI filiali talabalari bilan Moskvadagi bosh BDKI rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Filiallar bo‘yicha prorektor Fomin G.A., ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani Marusenkov V.V. hamda professor Klebanov I.S. ta’lim jarayonini tashkil etish, ijodiy ustaxonalar faoliyati, tarbiyaviy ishlar va filialning xo‘jalik masalalari bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan tingladilar.

Talabalar o‘ziga dolzarb bo‘lgan savollarni berish va ularga atroflicha hamda mazmunli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa talabalar bilan BDKI ning markaziy ma’muriyati o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Uchrashuv yakunida Gleb Aleksandrovich talabalarni va ularning yaqinlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi hamda yangi yilda ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi!