2024 yil 17 dekabr kuni XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida

    XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida 2024 yil 17 dekabr kuni Toshkent BDKI filialiga Rossiya Federatsiyasidan (Sankt-Peterburg) Jurnalistlar hamjamiyati Mediakongressi raisi Ashot Yegishevich Jazoyan tashrif buyurdi.

    Uchrashuv davomida 2025 yilda Sankt-Peterburg shahrida XIX Xalqaro «Madaniyatlar muloqoti» Mediaforumi doirasida bo‘lib o‘tadigan xujjatli filmlar festivaliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Festivalda Toshkent BDKI filiali talabalari ishtiroki alohida ta’kidlandi.

    Festival bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

  • Filmlarni topshirish muddati: 2025 yil mart oyi.
  • Talablar: xujjatli filmlar (portret, tarixiy yoki jurnalistik mavzuda), g‘oyaviy jihatdan chuqur yoritilgan bo‘lishi shart.
  • Filmlar 2023-2024 yoki 2024-2025 o‘quv yillarida suratga olingan bo‘lishi lozim.

    Uchrashuv davomida Ashot Yegishevich filial direktori I.M. Meliquziyev bilan kelgusi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

    Shuningdek, u talabalar uchun noyob mahorat darsini o‘tkazib, o‘zining professional tajribasi, zamonaviy media sohasi haqidagi qarashlari va jurnalistikada madaniyatlar muloqotining ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

  🎓Ashot Yegishevich Jazoyanga tashrifi, samarali muloqotlari va ta’lim tashabbuslariga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

✅ Filmlarni topshirish uchun: Filialning Xalqaro bo‘limiga murojaat qiling.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:  BDKU Toshkent , +998991472266.