Quvonchli xabar!
Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shaxridagi filiali rasman xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi!
Endilikda filialning bitiruvchi kurs talabalari xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Bu nafaqat filialning, balki barcha talabalar va O‘zbekiston kinematografiyasi uchun katta yutuqdir.
Ushbu erishilgan natija barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnati hamda say-harakatlarining yorqin natijasidir.