Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev

⭐️Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev filialda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan qilingan ishlarni ko’zdan kechirdi.

⭐️Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha filial direktori I.Meliqo‘ziyev filialdagi yangilangan ijodiy ustaxonalar, operatorlik mahorati ustaxonasini, fotostudiyani, ovoz yozish studiyasini yangi o’quv yilida shay xolatga keltirilganligini ko’rdi, o’quv auditoriyalarni tayyorligini ko’zdan kechirdi.
⭐️Shuningdek, ijodiy ustaxonalar, o’quv auditoriyalarni tozaligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

 

Abituriyentlar diqqatiga!

    Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali 2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

    Asosiysi, eng munosiblari imtihonlarda ijodiy suhbat va amaliy jarayonlar orqali saralab olinadi! Shoshiling!

Hujjatlarni topshirish muddati:
2024-yil, 10-avgust

Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Qabul komissiyasi:
+99894-728-82-71
+99890-303-05-36
www.vgik.uz

Qabul komissiyasi ish vaqti:
Dushanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha

 

Filiali direktoriI I.Meliqo‘ziyev 3-kurs “Prodyuserlik” yo‘nalishi talabalari bilan muloqot qildi

    Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali direktori, professor I.Meliqo‘ziyev 3-kurs “Prodyuserlik” yo‘nalishi talabalari bilan muloqot qildi.

    Muloqot davomida 2024/2025 o‘quv yilida Filialda yaratilayotgan sharoitlar va kinoloyihalar muhokama qilindi.

    Talabalarning o‘quv jarayonlari haqidagi fikr mulohazalari va takliflari tinglanib, ayrimlarini faoliyatda qo‘llash bo‘yicha qabul qilindi.

    Shuningdek,  Filial direktori I.Meliqo‘ziyev “Jaraquduq mo‘jizasi” filmi rejissyori, filial talabasi Akromali Abdullayevni joriy yilning noyabr oyida Kanadada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtiroki bilan tabriklab, Gran pri g‘olibi bo‘lishida omadlar tiladi.

 

«Dramaturgiya» fakulteti talabasi Mirtemir Murotov

⭐️BDKU Toshkent filiali «Dramaturgiya» fakulteti talabasi Mirtemir Murotov Moskvadagi festivalda maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

⭐️2024-yil 6-10 -iyul kunlar Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida bo’lib o’tgan «Oila davrasida» oilaviy va bolalar XIX Xalqaro kinofestivalida «Dramaturgiya» fakulteti talabasi M.Murodovga jyurining maxsus mukofoti topshirildi.

⭐️Filial rahbariyati va fakultet jamoasi M.Murodov va uning ustozlarini chin yurakdan tabriklaydi.

 

BDKU Toshkent yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik qilinmoqda

⭐️S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik qilinmoqda.

⭐️Jumladan filial direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev yangi o‘quv ovoz yozish studiyasini homiylarni jalb qilgan holda tashkil qilmoqda. Ushbu studiyaga zarur texnika va materiallar olib kelib o‘rnatilmoqda.

⭐️2024-2025 o’quv yilida filial talabalariga ovoz yozish studiyasi topshiriladi. I.Meliqo‘ziyev ushbu studiyani tayyorlash bo’yicha o‘z tavsiyalarini berdi.