BDKUda Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlandi!

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlandi!

    🔼21-mart kuni universitetda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi A.B. Naniyeva, shuningdek, xorijiy universitetlar filiallaridan mehmonlar ishtirok etdilar.

    Bayram doirasida qiziqarli musobaqalar, milliy oʻyinlar tashkil etildi, bahoriy taomlar, sumalak va osh mehmonlarga tortiq qilindi. 🎉

    Eng yorqin lahzalardan biri — milliy liboslar tanlovi boʻlib, unda BDKU Toshkent filiali talabalari faxrli birinchi oʻrinni egallashdi! 👏

    Tadbir barcha ishtirokchilarga iliq taassurot qoldirdi va Navroʻzning haqiqiy bayramona ruhini tuhfa etdi! ☀️🍬

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook