BDKU jamoasi Ramazon Hayiti bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi!

    ✨S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali jamoasi sizlarni Ramazon Hayiti bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi! Ushbu muborak kunlar barchamizga tinchlik, farovonlik va ezgulik olib kelsin. Yaxshilik va mehr-muruvvat bardavom bo‘lsin, oilalaringizga baxt va fayz tilaymiz!

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU Toshkent filialida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

    🔖S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

    ⚡️2025-yil 27-mart kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filialida Chilonzor tumani IIO FMB va Chilonzor tumani Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

    📌Tadbir talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillardan himoya qilish, yoshlar orasida radikallashuv va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.

    ✔️Tadbirda BDKU Toshkent filialining talabalari va xodimlari faol ishtirok etib, muhim mavzular bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU talabalari Moskvadagi Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishdi!

    🔖S. A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari Moskvadagi Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishdi!

    📣S. A. Gerasimov nomidagi BDKI estetika, tarix va madaniyat nazariyasi kafedrasi tomonidan XX–XXI asr kinolarida Ikkinchi Jahon urushi mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

    ⚡️Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi:
     • Diana Viktorovna Koblenkova
     • Marianna Albertovna Rostotskaya
     • Tatyana Vladimirovna Mihaylova
     • Elena Viktorovna Juykova
     • Elena Yuryevna Matveyeva
     • Elizaveta Sergeyevna Apalkova
     • Marina Ivanovna Pushina

    ⭐️Ushbu ilmiy anjumanda BDKU Toshkent filiali talabalari “Filmlar ishlab chiqarish va prodyuserlik jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari” yo‘nalishida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Rahbarlar: Diana Viktorovna Koblenkova va Marianna Vitalyevna Shadrina.

    📌Anjumanda qatnashgan talabalar va ularning mavzulari:
     ✔️Nosovets Anna (1-kurs) – “Tarixiy haqiqatni anglash va prodyuserlik g‘oyasini amalga oshirish jarayoni”
     ✔️Kuzieva Laura Ildarovna (2-kurs) – “Urush yillarining ekran qahramonlari: dramaturg va prodyuser ishi”
     ✔️Xvan Karina (2-kurs) – “Urush qahramonlari: prodyuserlik tahlili jarayonida psixologik va ijtimoiy jihatlar”
     ✔️Turakulova Xurshida (2-kurs) – “O‘zbekistonda Ikkinchi Jahon urushi mavzusidagi filmlar: tarix va zamonaviy talqin”

    🔼Konferensiya ishtirokchilarga qimmatli ilmiy tajriba almashish va o‘z izlanishlarini namoyish etish imkonini berdi. Talabalarimiz o‘z ilmiy ishlari bilan barchani hayratda qoldirishdi! 🚀

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

BDKU Toshkent filiali jamoasi maxsus mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz!

    S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filiali jamoasi VGIK rektori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Rossiya Ta’lim akademiyasi akademigi, San’at va madaniyat o‘quv muassasalari assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya Davlat mukofotlari laureati V.S. Malishevni Akademiyaning «Kinematografiya fanlariga, tanqid va ta’limga qo‘shgan hissasi uchun» maxsus mukofoti bilan taqdirlanganligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

    ✨Bu yuksak mukofot kinota’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shilgan beqiyos xizmatlarning e’tirofidir! Mustahkam sog‘liq, ijodiy muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

    👍Hurmat bilan, BDKU Toshkent filiali jamoasi

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Milliy_qadriyatlar_oyligi

    Asrlar davomida O‘zbekiston zamini donishmandlar, shoirlar, olimlar va san’at ustalarini yetishtirib kelgan. Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros har birimiz qalbimizda yashaydi. Ularning kuchi – bilimda, ulug‘likka chorlashda, har bir nigohda, har bir so‘zda namoyon bo‘ladi.

    Bu shunchaki libos emas – bu bizning tariximiz, bizning g‘ururimiz. Biz – buyuk tarixning davomchisi va uning yorqin kelajagimiz!

    🌟 Ma’lumot uchun, videorolik S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari tomonidan tayyorlangan.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook