2025-yil 16-may kuni filialida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-may kuni Toshkent shahridagi BDKU filialida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I.M.Meliqo’ziyev raislik qildi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
1. Ijro intizomi bo‘yicha – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.Shomurodov axborot berdi.
2. Talabalar turar joylari va ijarada yashayotgan talabalar bilan ishlash, ularning darslarga qatnashishini nazorat qilish – bu borada J.Shomurodov va Ssenariynavislk fakulteti dekani T.Muxamedova axborot berdilar.
3. 2025-yil 28-yanvardagi №77a-sonli buyruq ijrosi yuzasidan Ishchi guruhning axboroti tinglandi (ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish haqida).
4. 2025-2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida auditoriyalar va maxsus xonalarni joriy ta’mirlash masalasi – bu borada Ishlar boshqarmasi boshlig‘i O.Avalboev axborot berdi.
Mas’ullar taqdimotlar orqali hisobot berib, fikr almashdilar.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook