Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    ⚡️ O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.

    Majlisda S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ham qatnashdi.

    🔹 Majlis davomida BDKU Toshkent filiali faoliyati alohida e’tirof etildi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    Bu xalqaro miqyosdagi oliy o‘quv dargohi nafaqat kino sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, balki madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda ham muhim ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

2025-yil 30-may kuni Toshkentdagi BDKU filiali talabalari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    🎓 Uchrashuvda BDKU rektori V.S. Malishev, Rossiya Madaniyat vazirligining mintaqaviy siyosat, ta’lim va loyihaviy boshqaruv direktori S.D. Ermakova, filial direktori I.M. Meliqo‘ziyev, Rossiya Federatsiyasining Xalq artisti I.S. Klebanov, Rossiyaning xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi E.M. Ishmuhammedov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi X. Xasanov ishtirok etdilar.

    👥 Mehmonlar talabalar bilan samimiy suhbat olib borib, kelajakda amalga oshiriladigan ijodiy rejalar, kinematografiya sohasidagi hamkorlik va yangi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

 

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rustam Sagdullaevich Sagdullayev ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

    Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimova tomonidan madaniyat rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU filiali dotsenti, kurs rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sagdullaevich Sagdullayev Rossiya Madaniyat vazirligining «Rossiya madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

    Bu yuksak mukofot ustozning fidokorona mehnati, san’at va ta’lim sohasidagi xizmatlariga berilgan yuksak e’tirofdir.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimova tashrifi

    2025 yil 29 may kuni Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimovaning Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU filialiga tashrifi doirasida filialning ijodiy va ta’limiy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan boy dastur amalga oshirildi.

    Mehmonlarga operatorlik san’ati, aktyorlik mahorati, dramaturgiya, rejissyorlik va prodyuserlik bo‘yicha o‘quv ustaxonalari taqdim etildi. Ayniqsa, aktyorlik yo‘nalishi 3-kurs talabalarining R.A. Sagdullayev rahbarligida tayyorlagan, Sh. Bashbekov asari asosidagi “Tikanaksiz tipratikanlar” spektakli katta qiziqish uyg‘otdi.

    Tashrif yakunida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Lyubimova O.B., O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Tadjixanov A.B., BDKU rektori Malishev V.S., Rossiya Madaniyat vazirligining mintaqaviy siyosat, ta’lim va loyihaviy boshqaruv direktori Ermakova S.D., Rossiya kinematografiyasini qo‘llab-quvvatlash fondi ijrochi direktori Sosnov F.G. hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Rizaev Sh.T. ishtirok etdi.

    Shuningdek, yig‘ilishda quyidagi mehmonlar qatnashdi:
     • Andrej Vladimirovich Ereshko – “Roskonsert” bosh direktori
     • Olga Nikolaevna Galaktionova – A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyi direktori
     • Elza Yurevna Antonova – “ROSKINO” bosh direktori
     • Natalya Vladimirovna Slepuxina – “Rosgosekspertiza” rahbari o‘rinbosari
     • Pavel Anatolyevich Shevtsov – Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari

    Uchrashuv davomida BDKU filialining rivojlanish istiqbollari, kino sohasidagi xalqaro hamkorlik va Rossiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook