Olga Borisovna Lyubimova BDKU filialiga tashrif buyurdi

    2025-yil 29-may kuni Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Borisovna Lyubimova Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi BDKU filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif doirasida filial tarixida ilk bor “Kinorejissyorlik” qo‘shimcha ta’lim dasturi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlov diplomlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Bitiruvchilar kinorejissyor, ustoz — Yusuf Sulaymonovich Roziqov rahbarligida rejissyorlik kasbini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook