DIQQAT, TANLOV!

    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi kinoijodkorlar o‘rtasida 2025-yilda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kinoloyihalar uchun 5 (besh) ta mavzu yoʻnalishida ijodiy tanlov e’lon qiladi! (https://uzbkino.uz/)

    ❗️Tanlov mavzulari:

     1. “Toʻy-hasham, maʼraka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olish”

    Mazmuni: Ushbu yoʻnalishda toʻy-hasham, maʼraka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olishni targʻib etuvchi yuqori badiiy saviyadagi 2 (ikki) ta 3 (uch) daqiqali ijtimoiy videoroliklar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish muddati: 30-iyul, 2025-yil

     2. “OIV va OITSni oldini olish”

    Mazmuni: Ushbu yoʻnalishda OIV va OITSni oldini olishni targʻib etuvchi yuqori badiiy saviyadagi 2 (ikki) ta 15 (oʻn besh) daqiqagacha boʻlgan qisqa metrajli filmlar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish muddati: 30-iyul, 2025-yil

     3. “Nogironlarga yaratilgan imtiyozlar”

    Mazmuni: Ushbu yoʻnalishda nogironligi boʻlgan shaxslarga yaratib berilgan imtiyozlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi aks etgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini koʻrsatuvchi, ularni ish bilan taʼminlashga oid mavzularni targʻib etuvchi yuqori badiiy saviyadagi 8 (sakkiz) ta 3 (uch) daqiqali ijtimoiy videoroliklar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish muddati: 30-iyul, 2025-yil

     4. “Oʻzbekiston – yagona Vatan!”

    Mazmuni: Ushbu yoʻnalishda Yangi Oʻzbekistonda etno-madaniy xilma-xillik va yagona fuqaroviy oʻzlikni anglashga xizmat qiluvchi, yurtimizdagi barcha millat va elat vakillarining oʻzaro tengligi, birdamligi, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etuvchi yuqori badiiy saviyadagi 2 (ikki) ta 15 (oʻn besh) daqiqagacha boʻlgan qisqa metrajli filmlar ishlab chiqish talabi qoʻyiladi.
Ishlab chiqarish muddati: 30-iyul, 2025-yil

     5. “Mustaqillik fidoyilari”

    Mazmuni: Ushbu yoʻnalishda mustaqillik yillarida mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi yoʻlida mardlarcha halok boʻlgan qahramonlarning hayot yoʻli va jasorati aks etgan yuqori badiiy saviyadagi, sheʼriy manzumalar negizida shakllangan, taʼsirchan va mazmundor koʻp qismli 3 (uch) daqiqali ijtimoiy videoroliklar ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish muddati: 2025-yil, dekabrga qadar.

    📝 Tanlovda yuqorida qayd etilgan mavzular boʻyicha adabiy ssenariy uchun sinopsislar tanlab olinadi.

    Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:

    ✔️ o‘zbek tilida (Agar xorijiy tilda yozilsa, adabiy ssenariy tarjimasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarning oldini olish maqsadida oʻzbek tilidagi tarjimasi bilan birga topshiriladi), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
    Kinoloyihalarda quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:
     ✔️ filmning ishchi nomi; formati va davomiyligi (xronometraji);
     ✔️ janri va auditoriya yosh chegarasi;
     ✔️ taxminiy xarajatlar smetasi;
     ✔️ loyiha taqdimoti (ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar va boshqa ma’lumotlar). Filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi lozim.

    ⏳ Tanlov 2025-yilning 10-iyunidan 30-iyun sanasiga qadar davom etadi. Sinopsislar va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchilarining (kino faoliyati bilan shug‘ullanuvchi studiya) arizasi bilan Kinematografiya agentligining e-xat tizimi orqali devonxona@uzbkino.uz manziliga faqat onlayn tarzda taqdim etilishi lozim. Qoʻlda topshirilgan loyihalar qabul qilinmaydi.

    ⚠️ Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar va kinoloyihalar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tanlov mavzulariga mos bo‘lmagan va talablariga zid bo‘lgan kinoloyihalar muhokama uchun qabul qilinmaydi.

    📆 Tanlovga takliflar 2025-yil 30-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

    📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49.
    📍 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.

    ✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati