“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi
BDKU Toshkent filialida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida bir qator tashkilotlar va kinostudiyalar faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida BDKU Toshkent filiali bilan turli tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar talabalarga amaliyot o‘tash, ijodiy loyihalarda ishtirok etish va kinosoha bo‘yicha ish topish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mazkur rolik — “KAMRON FILM” MChJ kinostudiyasi bilan amalga oshirilayotgan ilk hamkorlik ishlarining birinchi qadami bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirda BDKU Toshkent filiali va “KAMRON FILM” MChJ o‘rtasida kelgusi rejalar ustida ham ish olib borilmoqda.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook