2025-yil 28-iyun kuni 4-bosqich talabalari o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari tashabbusi bilan 2021-yilda tashkil etilgan. Universitet faoliyat boshlaganiga qisqa vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, bugun u o‘zining “Dramaturgiya” yo‘nalishidagi birinchi bitiruvchilarini — iqtidorli yoshlardan iborat ilk avlodni taqdim etmoqda.
2025-yil 28-iyun kuni 4-bosqich talabalari o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Bu sana filial tarixida muhim bosqich sifatida o‘rin oladi: birinchi dramaturglar, birinchi qaldirg‘ochlar o‘z ijodiy parvozini boshlamoqda.
📚 Ijodiy ustaxona rahbarlari: professor O.A. Agishev va professor E.M. Ishmuhamedov
🎓 Komissiya hay’ati:
• Sh.T. Rizayev — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori, professor (komissiya raisi)
• I.M. Meliqo’ziev — BDKU Toshkent filiali direktori, professor
• V.V. Marusenkov — BDKU Ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani
• M.S. Matchanov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist•
O’quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor Korotkov I.V.
Yosh ssenarist va dramaturglar o‘z bitiruv ishlarini yuqori saviyada taqdim etib, a’lo baholarga sazovor bo‘lishdi. Ulardan ayrimlari xalqaro va respublika kino festivallarida e’tirof topib, allaqachon professional faoliyatni boshlagan.