Tarixiy sana — birinchi dramaturglar parvozi boshlandi!
🎓 S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali o‘zining ilk bitiruvchilarini taqdim etdi!
2025-yil 30-iyun kuni “Dramaturgiya” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 4-bosqich talabalariga bakalavr diplomlari tantanali tarzda topshirildi. Bu sana filial hayotida unutilmas voqea bo‘lib, birinchi dramaturg avlodining ijodiy yo‘li boshlanishining ramziga aylandi.
📚 Ijodiy ustaxonalar rahbarlari:
— professor Odelsha Agishev
— professor Elyor Ishmuhamedov
🎤 Tadbirda quyidagi faxriy mehmonlar ishtirok etdi:
• Sh.T. Rizayev — O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi direktori
A.J.Xodjayev —Kinematografiya agentligi direktor o’rinbosari
• B.B. Muhamedov — “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori
• B.K. Odilov — Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori
• V.V. Marusenkov — BDKU Ssenariy va kinoshunoslik fakulteti dekani
• M.S. Matchanov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
• I.V. Korotkov — O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektor
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossotrudnichestvo vakillari:
• Alla Borisovna Nanieva — Rossiya elchixonasining birinchi kotibi
• Ilya Borisovich Matveev — Rossiya elchixonasining birinchi kotibi
• Irina Vladimirovna Suljina — “Rus tili, fan va taʼlim” bo‘yicha bo‘lim koordinatori
• Rostislav Andreyevich Voytexovskiy — “Madaniy-gumanitar hamkorlik va yoshlar siyosati” bo‘yicha bo‘lim koordinatori
🔹 Shuningdek, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor talabalar filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook