“Yangi O‘zbekiston yoshlari” bitiruv oqshom


    2026-yil 6-iyul kuni «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filialida 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.T. Rizayev, filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi A.B. Naniyeva, VGIK o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori I.V. Korotkov hamda ssenariyshunoslik va kinoshunoslik fakulteti dekani V.V. Marusenkov ishtirok etdi.
    Tadbir davomida faxriy mehmonlar bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, ijodiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tiladilar.

    «S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti» Toshkent filiali axborot xizmati

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook