Homiylarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

    2026-yil 28-mart kuni filial direktori, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan talabalar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bartaraf etildi.

    Shuningdek, zamonaviy kino va media sohasi talablariga mos ravishda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida homiylar tomonidan xarid qilingan yangi professional texnik jihozlar taqdim etildi.

    Jumladan, Aputure / Amaran 300c, Tubus (Projection Lens) C300, Softbox (300c uchun), Grip Head, Amaran F22c Flexible LED Mat, LED yoritish panellari (Panel Light), Mega boom va Moon Light Amaran 300c kabi zamonaviy uskunalar talabalar ixtiyoriga topshirildi.

    Mazkur jihozlar talabalarga amaliy mashg‘ulotlar, suratga olish jarayonlari hamda ijodiy loyihalarda keng foydalanish imkonini beradi. Direktor, professor I.Meliqo‘ziyev tomonidan kinooperator va kinorejissyor yo‘nalishi talabalarga ushbu texnikalarning imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.

    Bu esa talabalarning professional ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

 BDKU Toshkent filialida Ochiq eshiklar kuni

    2026-yil 12-mart kuni BDKU Toshkent filialida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

    74-sonli umumtalim maktab o‘quvchilari filialga tashrif buyurib, zamonaviy o‘quv xonalari va ijodiy ustaxonalarga sayohat qildi. O‘quvchilar kinostudiyada yaratilgan ijodiy jarayonni ko‘zdan kechirdi va kino namoyishlarida qatnashdi.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziev maktab direktori bilan memorandum imzoladi — memorandum maktab o‘quvchilari va filial talabalarining ijodiy hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi.

    Kino san’atiga qiziqqan o‘quvchilar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi, ular o‘z savollarini berib, kino dunyosi va ijodiy yo‘l haqida fikr almashdilar.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida quyidagi sport yo‘nalishlari bo‘yicha to’garaklar tashkil etildi:
• Suzish
• Stol tennisi
• Futbol
• Voleybol (qizlar uchun)
• Shaxmat

    Har bir yo‘nalish uchun maxsus to‘garaklar tashkil qilindi va mas’ullar tayinlandi.

    Talabalar ushbu to‘garaklarda faol qatnashib, bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishyapti, shuningdek, sportdagi qobiliyatlarini rivojlantirmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 

    2026-yil 12-mart kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida har payshanba o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida talabalar uchun 5 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan maxsus xona foydalanishga topshirildi.

    Shuningdek, tadbir davomida faol sportchi talabalarga alohida e’tibor qaratilib, filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev tomonidan sport musobaqalarida faol qatnashib yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan talabalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

    Bu tashabbus talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yoshlarni muntazam shug‘ullanishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim qadam

   

    2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 12-mart kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida muhim tashabbus amalga oshirildi.

    Filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev hamda direktor o‘rinbosarlari boshchiligida talabalar uchun 5 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan maxsus xona foydalanishga topshirildi.

    Mazkur xonada sport mashg‘ulotlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, filial sportchi talabalari hamda ularning sportdagi yutuqlari aks etgan suratlar ham joylashtirilgan.

    Ushbu tashabbus talabalarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

 

     2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 5-mart kuni S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida direktor, professor I. M. Meliqo‘ziyev talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

      Uchrashuvda direktor o‘rinbosarlari hamda kafedra mudiri ham ishtirok etdi.

     Filialda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli sport to‘garaklari tashkil etildi. Mazkur to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun filial hududida maxsus xonalar ajratildi.

      Shuningdek, talabalarni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash hamda sport zallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

      Har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqotlar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

    Kirib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan filialning talaba-qizlari hamda ayol o‘qituvchi va xodimlari samimiy tabriklanib, filial direktori tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook