«Prodyuserlik faoliyatining moliyaviy ta’minlanishi» fanidan navbatdagi sinov bo‘lib o‘tdi

Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKUToshkent filialida 4-kurs «Kino va televideniye prodyuserligi» yo‘nalishi talabalari uchun «Prodyuserlik faoliyatining moliyaviy ta’minlanishi» fanidan navbatdagi sinov bo‘lib o‘tdi.

📌 Sinovni o‘qituvti Dergacheva T.A. qabul qildi.

📌 Sinov jarayenida ishtirok etganlar:

  • Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J. Shomurodov;
  • Prodyuserlik fakulteti dekani N. Tulyaxo‘jayev.

 

Talabalari “O‘zbekfilm” kinokonsernida amaliyot o‘tashdi!

    Birinchi kurs «Kinooperatorlik» yo‘nalishi talabalari “O‘zbekfilm” kinokonsernida amaliyot o‘tashdi!

    Talabalar “O‘zbekfilm” kinokonserni sexlari faoliyati bilan tanishib, kino ishlab chiqarish jarayonini o‘rgandilar.

    Homiylik qiluvchi rassom-postanovshik Akmal Saidov ularga raskadrovka bo‘yicha qimmatli maslahatlar berdi.

    📌 Amaliyot uchun mas’ul o‘qituvchi: Umid Malikov.

 

BDKU Toshkent filialida 2 kurs talabalar uchun sinov bo‘lib o‘tdi

    Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialida 2 kurs talabalari uchun «Akterlik san’ati» yo‘nalishi bo‘yicha sinov bo‘lib o‘tdi. Sinovni Zoom platformasi orqali Solomonova YE.S. qabul qildi.

    Shuningdek, yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari J.Shomurodov va prodyuserlik fakultetlari dekani N.Tulyaxodjayev ham ishtirok etdilar.

 

BDKU Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    2025 yil 29 yanvar kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    Tadbirda telemost orqali S.A. Gerasimov nomidagi VGIK rektori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi, San’at va madaniyat ta’lim muassasalari uyushmasi prezidenti, Rossiya davlat mukofotlari laureati V.S. Malishev hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar, “Kinematografiya” agentligi direktor o‘rinbosari A. Xodjayev, filial direktori, professor I. Meliqo‘ziyev hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

    Kun tartibidagi asosiy masala:

    2025-2026 o‘quv yiliga qabul kvotalarini tasdiqlash.

    V.S. Malishev yangi o‘quv yilida ochiladigan ta’lim yo‘nalishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha filial direktori I. Meliqo‘ziyevga o‘z takliflarini berdi.

    Shu o‘rinda, hozirgi kunda yoshlar siyosati va davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashabbuslar doirasida, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa sohalardagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida filialda Direktorning yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga “Ssenariynavislik” fakulteti dekani Shomurodov Jumaqul Xo‘jamurodovich tayinlandi.