Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Qadrli vatandoshlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda mana shunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

    Hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik mohiyatiga uyg‘un bo‘lgan “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotganini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin.

    Jumladan, ijtimoiy himoya tizimi samarasini yuksaltirish, bemorlar, nogironligi bo‘lgan, keksa va yordamga muhtoj insonlarni, yoshlar va xotin-qizlarni, chet ellardagi fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod qilishga qaratilgan say-harakatlar tobora kengayib borayotganini ta’kidlash lozim.

    Bu borada boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, yurtimizdagi tinch va farovon hayotni, millatlar va dinlararo hamjihatlik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

    Pok niyatlar ijobat bo‘ladigan ushbu qutlug‘ oyda jahonning turli mintaqalaridagi urush-janjallar, nizo va adovatlar barham topib, butun dunyoda tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamkorlik barqaror bo‘lishini chin dildan so‘rab, duolar qilamiz.

    Yer yuzidagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon oyining boshlanishi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Aziz vatandoshlar!

    Ramazoni sharifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!

    Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

    Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!

 

“ZAKOVAT” intellektual tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    2025 yil 27 fevral kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida buyuk shoirlar Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur va Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag‘ishlangan “ZAKOVAT” intellektual tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda filial talabalari “Nihol”, “Omad” va “Ijodkor” nomli uch guruhda ishtirok etdilar.

    Umumiy ballar yig‘indisiga ko‘ra:

  1. Ssenariynavislik fakulteti dekani T.S. Muxamedova boshchiligidagi “Nihol” guruhi faxriy 1-o‘rinni egalladi.
  2. Prodyuserlik fakulteti dekani N.T. Tulyaxodjayev boshchiligidagi “Omad” guruhi 2-o‘rinni egalladi.
  3. Kadrlar bo‘limi A.A. Yuldashev boshchiligidagi “Ijodkor” guruhi 3-o‘rinni egalladi.

 

 

Hamkorlik memorandumi imzolandi

    2025 yil 27 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I. Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B. Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

    📽 Memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi pavilyonlarida 1 – kurs kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari uchun ijodiy kurs ishlariga maxsus dekoratsiyalar qurish rejalashtirilgan.

    🎥 2025 yil 27 fevral holatiga kelib, Kinooperatorlik yo‘nalishi 1-kurs talabalari (Umid Malikov ijodiy ustaxonasi) “O‘zbekfilm” kinokonserni maydonchalarida “Turnalar uchmokda” filmi asosida foto-raskadrovka suratga olish ishlarini boshladilar.

 

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Milliy liboslar va milliy qadriyatlar kuni”

    21 fevral 2025 yil, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filialida “Milliy liboslar va milliy qadriyatlar kuni” shiori ostida #milliy_challenge davom etmoqda.

    📌 Filial professor-o‘qituvchilari va talabalar milliy liboslarda tashrif buyurdilar. Ushbu kun milliy an’analarga bo‘lgan hurmatni namoyon etib, madaniy merosimizning muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

    🧵 Milliy libos – bu tarix va madaniyatimizning ajralmas qismidir. U orqali biz o‘z an’analarimizga bo‘lgan hurmatni namoyon qilamiz va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaymiz.

    ✨ Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Milliylik– xalqning qalbida”

    2025 yil 24 fevral kuni BDKU Toshkent filiali talabalari “Milliylik– xalqning qalbida” mavzusida ijtimoiy rolik suratga olishdi.

    🎬 Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Abdurahmonov Jahongir “Kinooperatorlik mahorati” fanidan amaliy dars jarayonida   “O‘zbekfilm” kinokonsernining zamonaviy texnik jihozlaridan foydalandi.

    (Kinooperator-kinorejissyor, professor Iqbol Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi.)

    📽 Shuningdek, “Rejissura kino va televideniye” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Munisa Magamet Ibragimova tasvirga olish jarayonida hamkorlik qildi.

    (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dramaturg, kinorejissyor Yusuf Roziqov ijodiy ustaxonasi.)

    🎥 Syomka jarayonida professor-o‘qituvchilar, xususan, professorlar R.Sagdullayev, X.Xasanov, shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari jamoa bo‘lib ishtirok etdilar.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

 2025 yil 24 yanvar kuni hamkorlik memorandumi imzolandi

    2025 yil 24 yanvar kuni BDKU Toshkent filiali direktori I. Meliqo‘ziyev va “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori B. Muxamedov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

    📽 Memorandumga muvofiq, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi pavilyonlarida 1-2-kurs kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari uchun ijodiy kurs ishlariga maxsus dekoratsiyalar qurish rejalashtirilgan.

    🎥 2025 yil 24 fevral holatiga kelib, Kinooperatorlik yo‘nalishi 1-kurs talabalari (Umid Malikov ijodiy ustaxonasi) “O‘zbekfilm” kinokonserni maydonchalarida “Ivanning bolaligi” filmi asosida foto-raskadrovka suratga olish ishlarini boshladilar.

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook