Yoshlar uchrashuvi

    28 yanvar kuni Toshkentdagi Rus uyi qoshidagi Qo‘shimcha ta’lim markazida Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining talabalar ittifoqi yetakchilari, Yoshlar ittifoqi vakillari hamda faol talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    🔹Tadbirda O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan 10 ta Rossiya oliy o‘quv yurti yetakchi talabalari ishtirok etdi.

    🔹Bizning BDKU Toshkent filialimizdan «Kino va televideniye prodyuserligi» yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, yoshlar yetakchisi Azamat G‘iyasov qatnashdi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilar istiqbolli yoshlar loyihalarini muhokama qilib, yangi tashabbuslarga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr va takliflar almashishdi.

 

1-kurs talabalari “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga yuborildi

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali “Kinooperatorlik” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘quv va tanishuv amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tash uchun “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga yuborildi.

    📽️ Talabalar amaliy jarayonda kinematografiya sohasidagi muhim bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishadi, kino ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishadi.

    📽️Mas’ul o‘qituvchi: U. Malikov

    🎬 BDKU o‘qituvchisi M. Qurbonboyeva talabalarga “O‘zbekfilm” kinostudiyasining tarixi va rivojlanish yo‘li haqida ma’lumot bermoqda.

 

S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahridagi filialida “Yakkaxon kuylash” fanidan sinov bо‘lib о‘tdi!

    Bugun, 27 yanvar kuni, 3-kurs “Aktyorlik mahorati” yо‘nalishi talabalari uchun “Yakkaxon kuylash» fanidan sinov bо‘lib о‘tdi. Talabalar о‘z mahoratlarini namoyish etib, yuqori natijalarga sazovor bо‘lishdi.

    Sinovni qabul qilgan ustozlar:

     🎙️ О‘zbekiston xalq artisti Toshmatov M.G.

     🎙️ Muxamedova A.N.

    Sinov jarayonida ishtirok etganlar:

     📌 Filial direktori, professor I. Melikuziyev;

     📌 О‘quv-tarbiyaviy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari A. Xmirov;

     📌 Direktor maslahatchisi R. Qoraxо‘jayev;

     📌 Ssenariynavislik fakulteti dekani J. Shomurodov.

 

BDKU Toshkent shahridagi filiali 2025/2026 o‘quv yilida talaba bo‘lishni xohlovchilarga

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2025/2026 o‘quv yilida talaba bo‘lishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha shahar, tuman va viloyatlaridan, shuningdek, barcha qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va hokazo) o‘rta ta’lim maktablari, texnikumlari va boshqa mutaxassislik o‘quv yurtlari o‘quvchilari, madaniyat, san’at va ijodiy sanoat vakillariga ma’lum qiladi.

    Kinematografiya sohasining turlari bo‘yicha tez orada to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Filial qoshida kelajakdagi abituriyentlar uchun bepul rus tilini o‘rgatish kurslari hamda kinematografiyaning barcha turlari bo‘yicha “Kino san’ati” to‘garaklari tashkil etiladi.

    Siz kino san’atining qay bir sohasiga tayyorgarlik ko‘rishni hamda 2025/2026 o‘quv yilidan talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Unda shoshiling, kelajagingizni biz bilan birga quring!

    Aniqroq ma’lumot olishni istasangiz, ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +998 99 147 22 66. Sizni kutib qolamiz!

    Vodeoga havola: BDKU Toshkent

 

BDKU Toshkent filialida birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

    2025 yil 27 yanvar kuni Toshkent shahridagi filialda birinchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga filial direktori, professor I. Melikuziyev rahbarlik qildi.

    Kun tartibidagi asosiy masalalar:

     ✅ Filial Yoshlar yetakchisini tasdiqlash;

    ✅ Kinorejissura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy kursning ilk bitiruvchilari (7 nafar talabalar) ijodiy ishlarini himoyaga tavsiya qilish va himoya kunini belgilash;

    ✅№ 536-son Qarorining 7-bandi 2, 3, va 4 xat boshi ijrosini ta’minlash maqsadida ilmiy unvonlar olish uchun Oliy Attestatsiya Komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish loyihasi xususida.

     ✅ Turli masalalarni ko‘rib chiqish.

    Mas’ullar o‘zlariga biriktirilgan topshiriqlarni taqdimot shaklida kengashga namoyish qilishdi.

 

 

“Fotokompozitsiya” fanidan o‘z fotosurat ishlarini namoyish etdilar

    Bugun 2025 yil 27 yanvar “Kinooperatorlik” fakulteti 1-kurs talabalari “Fotokompozitsiya” fanidan o‘z fotosurat ishlarini namoyish etdilar.

    Ijodiy ustaxona rahbari U. Malikov va o‘qituvchi V.N. Jirnov rahbarligida o‘tkazildi.

    Filial direktori I. Melikuziyev ham ishtirok etib, talabalarning ishlari bilan tanishdi, o‘z tavsiyalarini berdi va ularga ijodiy faoliyatida omad tiladi.