Mahorat darslarini olib borish maqsadida S.A.Gerasimov nomidagi BDKU delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    2024 yil 14 – sentyabr kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga universitetning 105-yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida bo’lib o’tadigan mahorat darslarini olib borish maqsadida S.A.Gerasimov nomidagi BDKU delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    Eslatib o’tamiz 15 sentyabrdan 19 sentyabrgacha mahorat darslari bo’lib o’tadi.

 

2024 yil 16 – sentyabr kuni soat 11:00 da kafedrasi dotsenti Svetlana Smagina mahorat darsiga barchani taklif etamiz

    2024 yil 16 – sentyabr kuni soat 11:00 da Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kunlari doirasida San’atshunoslik doktori, S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kinoshunoslik kafedrasi dotsenti Svetlana Smagina tomonidan olib boriladigan mahorat darsiga barchani taklif etamiz.

    Manzil: BDKU Toshkent filiali (Yozgi maydonchasi)

2024 yil 15 sentyabr soat 14:00 da Igor Klebanov tomonidan bo’lib o’tadigan mahorat darsiga barchani taklif etamiz

    S.A Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kunlari Toshkent filialida bo’lib o’tadi.
    2024 yil 15 sentyabr soat 14:00 da Rossiya Federatsiyasining xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasining Xalq artisti, Yevropa kinooperatorlar Ittifoqi a’zosi IMAGO, «Nika» Rossiya kinematografiya san’ati Akademiyasi a’zosi Igor Klebanov tomonidan bo’lib o’tadigan mahorat darsiga barchani taklif etamiz.

Manzil: BDKU Toshkent filiali (313-314 xona)

2024 yil 16 – sentyabr kuni soat 11:00 da Yelena Yaremenko tomonidan olib boriladigan mahorat darsiga barchani taklif etamiz.

    2024 yil 16 – sentyabr kuni soat 11:00 da Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti kunlari doirasida animatsiya va raqamli texnologiyalar instituti direktori, animatsiya va multimedia fakulteti dekani, animatsiya va kompyuter grafikasi kafedrasi dotsenti
Yelena Yaremenko tomonidan olib boriladigan mahorat darsiga barchani taklif etamiz.    

    Manzil: «Renessans»kino uyi (kichik zal)

 

S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari «Jadidlar» multimediya ko’rgazmasida qatnashdilar

    S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali talabalari «Jadidlar» multimediya ko’rgazmasida qatnashdilar. Ko’rgazma doirasida talabalar, Markaziy Osiyo tarixi va mintaqaning ta’lim tizimini rivojlantirishda aks etayotgan jadidlarning ta’lim va ma’rifat sohasidagi tashabbuslariga bag’ishlangan Turkistonga maktublari va Turkiston talabalari faoliyati bilan tanishdilar.

 

oshkent filialida Farhod Mahmudovning o’zbek milliy ijodiy ustaxonasida Moskva Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti talabalarining bir qator spektakallarni o’tkazishga tayyorgarlik jarayonlari

    S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida Farhod Mahmudovning o’zbek milliy ijodiy ustaxonasida Moskva Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti talabalarining bir qator spektakallarni o’tkazishga tayyorgarlik jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

    Shuningdek, Farhod Mahmudov va Rustam Sagdullayevlar ijodiy ustaxonalari hamkorlikda «Sahna nutqi» fanida tajriba almashdilar.