9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov

⚡️ Bugun, 9-avgust kuni madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti  prorektorlari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

✅ Uchrashuvda BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Gleb Fomin, O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Igor Korotkov, Rossiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi yordamchisi Anastasiya Sherbakova va filial direktori, professor Iqboljon Meliqo’ziyev ishtirok etishdi.

✅ Uchrashuv davomida filial faoliyatini yanada takomillashtirish, qo’llab-quvvatlash, 2024/2025-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish hamda kelgusi faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

2024-yil 7-avgust kuni S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filialiga BDKU prorektorlari tashrif buyurishdi.

  2024-yil 7-avgust kuni S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialiga BDKU prorektorlari tashrif buyurishdi.
    BDKUning filiallar bo’yicha prorektori Fomin Gleb Aleksandrovich va O’quv-metodik ishlari bo’yicha prorektor Korotkov Igor Vladimirovichni Toshkent xalqaro aeroportida filial direktori, professor I.Meliqo’ziyev boshchiligida iliq kutib olindi.
    Filial direktori I.Meliqo’ziev mehmonlarni birinchi navbatda filial bilan tanishtirdi. Mehmonlarga Filialda so’nggi kunlarda qilingan ishlar, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, ijodiy ustaxonalar ko’rsatildi.
    I.Korotkov va G.Fominga filial faoliyati bo’yicha tayyorlangan taqdimot albom taqdim etildi.
BDKU prorektorlari Filialda 7-9-avgust kunlari bo’lib, faoliyatni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiradilar.

 

Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev

⭐️Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev filialda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan qilingan ishlarni ko’zdan kechirdi.

⭐️Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha filial direktori I.Meliqo‘ziyev filialdagi yangilangan ijodiy ustaxonalar, operatorlik mahorati ustaxonasini, fotostudiyani, ovoz yozish studiyasini yangi o’quv yilida shay xolatga keltirilganligini ko’rdi, o’quv auditoriyalarni tayyorligini ko’zdan kechirdi.
⭐️Shuningdek, ijodiy ustaxonalar, o’quv auditoriyalarni tozaligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

 

Abituriyentlar diqqatiga!

    Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali 2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

    Asosiysi, eng munosiblari imtihonlarda ijodiy suhbat va amaliy jarayonlar orqali saralab olinadi! Shoshiling!

Hujjatlarni topshirish muddati:
2024-yil, 10-avgust

Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Qabul komissiyasi:
+99894-728-82-71
+99890-303-05-36
www.vgik.uz

Qabul komissiyasi ish vaqti:
Dushanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha