#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

    2026-yil 21-may kuni Yoshlar kuni doirasida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili: eng yaxshi kino g‘oyasi” tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
    Tadbir davomida filial direktori, professor I.M.Meliqo‘ziyev talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga pul yutuqli vaucherlarni topshirdi.
    1-o‘rin — 3 000 000 so‘m
    2-o‘rin — 2 000 000 so‘m
    3-o‘rin — 1 000 000 so‘m
    Talabalarimizning ijodiy izlanishlari va yangi kino g‘oyalari bundan buyon ham katta muvaffaqiyatlarga yetaklashiga ishonamiz!

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

#SportKuni

    2026-yil 20 -may kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-maydagi 176-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning belgilangan chorshanba kuni “Sport kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
    Mazkur tadbirda barcha xodimlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz bellashuvlar o‘tkazildi.
    Musobaqalar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, shaxmat va shashka bahslari yuqori qiziqish uyg‘otib, keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Farxod Mahmudov — Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori

    “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi doirasida teatr va kino san’atiga bag‘ishlangan mahorat darsi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi!
    2026-yil 19-may kuni xalqaro forum doirasida aktyorlik san’ati yo‘nalishidagi talabalar hamda yosh ijodkorlar uchun ijodiy uchrashuv va mahorat darsi tashkil etildi.
    Forum davomida zamonaviy teatr va kino san’atida aktyor mahorati, obraz ustida ishlash, sahna madaniyati hamda bugungi kino industriyasining aktyorlarga qo‘yayotgan talablari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
    Mahorat darsining faxriy mehmoni:
    Farxod Mahmudov — Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori
    Mavzu:
    “Zamonaviy teatr va kino san’ati aktyordan nimalarni talab qiladi?”

    Uchrashuv davomida aktyorlik kasbining bugungi kundagi o‘rni, professional tayyorgarlik, kamera oldida ishlash mahorati hamda ijodiy izlanishlarning ahamiyati haqida qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi.
    Xalqaro forum yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ijodiy hamkorliklarni rivojlantirish hamda teatr va kino ta’limi integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Xalqaro forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi tashrif buyurdi

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari A.B. Tadjixanov hamda Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sharipov ishtirok etmoqda.
    Mehmonlarga kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan maxsus dekoratsiya hamda ijodiy ishlar namoyish etildi va tanishtirildi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Karyera kuni”

     Toshkentda xalqaro forum doirasida mehmonlar va delegatsiyalarni rasmiy tartibda kutib olish jarayoni amalga oshirilmoqda.

    Ishtirokchilar S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy anjuman hamda “Karyera kuni” tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari”

    Joriy yilning 18–20-may kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusidagi yirik xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
    Mazkur forumda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
    Uch kun davom etadigan forumda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, AQSh, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya, Tojikiston hamda     Armanistondan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari     rahbarlari, talabalar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori, professor I.M. Meliqo’ziyev hamda filial professor-o‘qituvchilari ham ushbu xalqaro forumda ishtirok etishdi.
    Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori, BDKI aktyorlik mahorati yo‘nalishi ijodiy ustaxonasi rahbari F.B. Mahmudov ham forumda ishtirok etdi.

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook