BDKU Toshkent filialiga Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi Elchixonasi vakillari tashrif buyurishdi.

    2025-yil 5-avgust kuni BDKU Toshkent filialiga Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi Elchixonasi vakillari hamda “Rossotrudnichestvo”ning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari L.A. Staroselskaya, Rossiya elchixonasining maslahatchi-elchisi A.V. Lanchikov, birinchi kotib A.B. Nanieva tashrif buyurishdi.

    🤝 Tashrif doirasida filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda istiqbolli loyihalarda hamkorlik masalalarini muhokama qilib, kelishib oldilar.

    🎉 Tashrif yakunida BDKU professori R.A. Sagdullayevning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklar bildirildi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    🗓 2025-yil 4 avgust kuni BDKU Toshkent filialida “Rektorlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishni filial direktori, professor I.M. Meliqo‘ziyev ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-iyuldagi 232-sonli qarori bilan tanishtirdi.

    Kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi:
     – Ijro intizomi bo‘yicha hisobot
     – Kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar
     – 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi faoliyati
     – Yangi o‘quv yilida “Kinooperatorlik mahorati” kafedrasining dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha takliflar
     – 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha

    Yig‘ilish yakunida xodimlarga o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish, ish joyiga o‘z vaqtida yetib kelish va filial rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook

“Dolzarb 90 kun” loyihasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berilib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi e’lon qilingan edi.

    Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkentdagi filialida qator mazmunli tadbirlar tashkil etilib, belgilangan rejalar asosida izchil amalga oshirilmoqda.

    Jumladan:

     🎬 “Foto-ko‘rgazma” va “Film namoyishi”
     🎓 “Ustoz saboqlari”
     ♟ Shaxmat-shashka va stol tennisi musobaqalari
     🎞 “Kino ishqibozlari” klubi – retro, zamonaviy va xorijiy filmlar namoyishi
     🎥 “Kino laboratoriya” – suratga olish texnikasi asoslari, foto ko‘rgazmalar, podkastlar tayyorlash
     📘 Rus tili bo‘yicha maxsus kurslar

    Mazkur tadbirlar yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni kasbga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

 

 

Youtube: Youtube | Telegram: ВГИК Ташкент | Facebook: Facebook