Mahorat darsini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

    ❗️Mahorat darsini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mashhur kinooperator va kinorejissyor Hasanov Hamidulla Babayevich olib bordi. U yosh operatorlarga nazariya va amaliyotdagi muhim jihatlarni tushuntirib, zamonaviy texnik vositalar yordamida tasviriy ifodaning kuchi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. 

    📣Eslatib o‘tamiz!
    2025–2026 o‘quv yilida Hasanov Hamidulla Babayevich rahbarligida Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ijodiy ustaxona tashkil etildi.

    Shuningdek, abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilida:
     – Dramaturgiya yo‘nalishi
     – Rejissura (kino va TV) yo‘nalishi
     – Kinooperatorlik yo‘nalishlari bo’yicha qabul jarayonlari boshlanadi!

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
     @VGIKTashkent_bot
     +998 94 728-82-71
     +998 99 147-22-66

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN QABULI BOSHLANDI!

    📣BDKU TOSHKENT FILIALIDA 2025–2026 O‘QUV YILI UCHUN ABITURIYENT QABULI BOSHLANDI!

    💥Sizni kinematografiya olamiga chorlaymiz!

    ➡️Qabul quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

     – Dramaturgiya
     – Rejissura (kino va TV)
     – Kinooperatorlik

    ✉️Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

     @VGIKTashkent_bot
     📞 +998 94 728-82-71
     📞 +998 99 147-22-66

    ⭐️San’atga qiziqasizmi? Unda orzuyingizga birinchi qadamni qo‘ying!

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

“Madaniyat va san’atga katta hissa qo‘shgani uchun”

    ⭐️ “Madaniyat va san’atga katta hissa qo‘shgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Rossiya xalq artisti, Moskva davlat filarmoniyasi yakkaxon ijrochisi, bastakor va pianinochi Denis Matsuev hamda O‘zbekiston xalq artisti va Toshkentdagi Butunrossiya kinematografiya universiteti (VGIK) filialining faxriy professori Rustam Abdullayevich Sagdullaev taqdirlandi.

    💥“Hamdo‘stlik Yulduzlari” davlatlararo mukofoti 2009-yilda ta’sis etilgan. U har yili MDH davlatlarining vakillariga gumanitar sohadagi jahon miqyosidagi yutuqlar darajasiga mos va Hamdo‘stlik hamda uning a’zolari rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim yutuqlar uchun topshiriladi.

    ⚡️Bu yil ushbu yuksak mukofotga 8 davlatdan 15 nomzod da’vogarlik qilgan. Hay’at tarkibiga MDHning barcha davlatlaridan taniqli madaniyat va ta’lim sohasi namoyandalari kiritilgan. G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi Dushanbeda MDHning ijodiy va ilmiy ziyolilari Forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

Talabalarining ijodiy ko‘rgazmasiga tashrifi

    🗣️BDKU Toshkent filialining 1-bosqich rejissyorlik va kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari (Hilol Nasimov va Umid Malikov ustaxonasi) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining ijodiy ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.

    ➡️Talabalar yosh rassomlarning asarlari bilan tanishib, tasviriy san’at orqali yangi ilhom va estetik tajriba orttirdilar.

    ✨Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

M. Saliyev ijodiy ustaxonasi) “Motsart va Salyeri” asari

    🔼BDKU Toshkent filialining 2-bosqich Kinooperatorlik yo‘nalishi talabalari (M. Saliyev ijodiy ustaxonasi) “Motsart va Salyeri” asari asosida sahnalarning foto-raskadrovkasini tasvirga olish ishlarini boshladilar.

    ⭐️Ijodiy jamoaga omad va ilhom tilaymiz!

    ‼️Eslatib o‘tamiz:
    BDKU Toshkent filialida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilish boshlandi

     – Dramaturgiya
     – Rejissura (kino va TV)
     – Kinooperatorlik

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    @VGIKTashkent_bot
    +998 94 728-82-71
    +998 99 147-22-66

    Kelajagingizni VGIK bilan birga bunyod eting!

 

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook

15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni!

⭐️Bugun — jamiyat ma’naviyatining asosiy tayanchi bo‘lgan, madaniyat va san’at sohasida fidokorona xizmat qilayotgan barcha ijodkorlarga ehtirom ko‘rsatadigan kun!

✨Sizlarning ijodingiz, mehnatingiz, va g‘ayratingiz tufayli yurtdoshlarimizning qalbida go‘zallik, insoniylik va mehr-muhabbat yashnab turibdi.

👍Barcha madaniyat va san’at xodimlarini samimiy tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz ilhom va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz!

    Hurmat bilan,
    Iqbol Meliquziyev!

 

Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook