“Madaniyat va san’atga katta hissa qo‘shgani uchun”
⭐️ “Madaniyat va san’atga katta hissa qo‘shgani uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Rossiya xalq artisti, Moskva davlat filarmoniyasi yakkaxon ijrochisi, bastakor va pianinochi Denis Matsuev hamda O‘zbekiston xalq artisti va Toshkentdagi Butunrossiya kinematografiya universiteti (VGIK) filialining faxriy professori Rustam Abdullayevich Sagdullaev taqdirlandi.
💥“Hamdo‘stlik Yulduzlari” davlatlararo mukofoti 2009-yilda ta’sis etilgan. U har yili MDH davlatlarining vakillariga gumanitar sohadagi jahon miqyosidagi yutuqlar darajasiga mos va Hamdo‘stlik hamda uning a’zolari rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim yutuqlar uchun topshiriladi.
⚡️Bu yil ushbu yuksak mukofotga 8 davlatdan 15 nomzod da’vogarlik qilgan. Hay’at tarkibiga MDHning barcha davlatlaridan taniqli madaniyat va ta’lim sohasi namoyandalari kiritilgan. G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi Dushanbeda MDHning ijodiy va ilmiy ziyolilari Forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook