Mavnuniyat bilan e’lon qilamiz!

    Toshkent shahridagi A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialida buyuk adabiyot namoyandalari Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha bо‘lib о‘tdi.

    BDKU Toshkent filiali talabalari bu nufuzli tadbirda 1-о‘rinni qо‘lga kiritishdi! 🥇 Bu talabalarimizning ijodiy qobiliyati, bilimdonligi va san’atga bо‘lgan mehrining yorqin isbotidir.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

Kelajagingizni VGIK bilan quring!

    S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali Kino va televideniye rejissyorligi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Munisa Magamet Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan uning mashhur g‘azalidan yod oldi.

    Kelajagingizni VGIK bilan quring!

 

«Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

    ❗️S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 9 oktabrdagi qaroriga asosan, yurtimizda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

    Tanlovda ishtirok etish uchun:

    🎥 “Yurtim qadriyatlari” mavzusida videorolik yoki fotolavhalar tayyorlab, 2025 yil 25 iyulgacha taqdim etishingiz zarur.

    🏆 G‘oliblar filial rahbariyati tomonidan taqdirlanadi!

    Yurtimizning milliy qadriyatlarini saqlashda va ularni keng targ‘ib etishda o‘z ijodiy hissangizni qo‘shing!

    Ma’lumot uchun: @VGIKTashkent_bot,   +998991472266

 

    S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali Yoshlar ittifoqi kengashi xonasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.Shomurodov boshchiligida Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    📚 Tadbirda faol talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, rus va o‘zbek tillarida Alisher Navoiyning mashhur g‘azallaridan yod olishdi va ularni o‘qib eshittirishdi.

    🎭 Davra suhbati davomida Navoiyning badiiy merosi, uning ijodi va millat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr almashildi.