S.A. Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent filiali Yoshlar ittifoqi kengashi xonasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.Shomurodov boshchiligida Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚 Tadbirda faol talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, rus va o‘zbek tillarida Alisher Navoiyning mashhur g‘azallaridan yod olishdi va ularni o‘qib eshittirishdi.
🎭 Davra suhbati davomida Navoiyning badiiy merosi, uning ijodi va millat taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr almashildi.