Raqamli texnologiyalar davrida o‘zaro hamkorlik va rivojlanishning strategik yo‘nalish
S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida “Raqamli texnologiyalar davrida o‘zaro hamkorlik va rivojlanishning strategik yo‘nalishi sifatida zamonaviy kino ta’limining ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Davra suhbatida BDKU va oliygohning Toshkentdagi filiali o‘qituvchi-professorlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, 15-sentyabrdan 19-sentyabrgacha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining 105 yilligini nishonlash hamda BDKU kunlari doirasida mahorat darslari, davra suhbatlari, ilmiy konferensiyalar bo‘lib o‘tmoqda.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati