Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev
⭐️Bugun S.A.Gerasimov nomidagi BDKI Toshkent filiali direktori, professor Iqbol Meliqo‘ziyev filialda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan qilingan ishlarni ko’zdan kechirdi.
⭐️Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha filial direktori I.Meliqo‘ziyev filialdagi yangilangan ijodiy ustaxonalar, operatorlik mahorati ustaxonasini, fotostudiyani, ovoz yozish studiyasini yangi o’quv yilida shay xolatga keltirilganligini ko’rdi, o’quv auditoriyalarni tayyorligini ko’zdan kechirdi.
⭐️Shuningdek, ijodiy ustaxonalar, o’quv auditoriyalarni tozaligi bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.