MUROJAATNOMA

Hurmatli filial jamoasi – professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!
2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarga oid 32 ta muhim tashabbus va qarorlar belgilab berildi. Ushbu tashabbuslar yoshlar siyosatini rivojlantirish, ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Filialimiz faoliyatida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishni davom ettiramiz:
1. Har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish;
2. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida uchrashuvlar, stajirovkalar va mahorat darslarini tashkil etish;
3. Startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
4. Xalqaro ta’lim va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish;
5. Zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirish.
Barchangizni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqiraman.
Hurmat bilan,
“S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti” Toshkent shahar filiali
Direktor, professor I.M. Meliqo‘ziyev
