“Renessans” kinochilar uyida yangi yil kechasi
2024 yil 27 dekabr kuni “Renessans” kinochilar uyida Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filialida Yangi yil kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda quyidagi mehmonlar ishtirok etdilar:
⭐️ Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Alla Borisovna Naniyeva
⭐️ Kinematografiya agentligi direktori Shuxrat Tursunovich Rizayev
⭐️ Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Xadjayev Alisher Jo‘raqulovich
Filial direktori, professor I.M. Meliquziyev 2024-2025 o‘quv yilida kinematografiya sohasiga qo‘shgan hissalari uchun professor-o‘qituvchilarni maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirladilar.
Shuningdek, talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar bilan taqdirlandilar.
Tadbirdan so‘ng mehmonlar bayramona dasturxonga taklif etildi.
✨ Yangi 2025 yil yangi loyihalar va yutuqlarga boy yil bo‘lsin!