Diqqat, tanlov!
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali sizlarni
☘️ 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili”ga bag‘ishlangan
“Yashil makonda – yashil iqtisodiyot” nomli tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
❗️Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Eng yaxshi qisqa metrajli film 📽️
- Eng yaxshi videorolik 🎞️
- Eng yaxshi kreativ foto ishi 🏞️
- Eng yaxshi sun’iy intellekt asosida tayyorlangan videorolik 🌎
📅 Ishlarni topshirish muddati: 2025 yil 30 maygacha (shu kuni ham qabul qilinadi).
🏆 G‘oliblar filial rahbariyati tomonidan munosib ravishda taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang, o‘z ijodingizni namoyon qilish uchun bu siz uchun ajoyib imkoniyat!
Videoga havola: BDKI Toshkent