BDKI “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 9 oktabrdagi qaroriga asosan, yurtimizda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
Tanlovda ishtirok etish uchun:
🎥 “Yurtim qadriyatlari” mavzusida videorolik yoki fotolavhalar tayyorlab, 2025 yil 25 iyulgacha taqdim etishingiz zarur.
🏆 G‘oliblar filial rahbariyati tomonidan taqdirlanadi!
Yurtimizning milliy qadriyatlarini saqlashda va ularni keng targ‘ib etishda o‘z ijodiy hissangizni qo‘shing!
Ma’lumot uchun: BDKI Toshkent bot, +998991472266.