Abdurahim Ismoilov bilan ijodiy uchrashuv

    Hurmatli ustozlar va talabalar!

    Sizni 15 yanvar soat 15:00 da “Renessans” kino uyida bо‘lib о‘tadigan О‘zbekiston san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, professor Abdurahim Ismoilov bilan ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.

    Uchrashuv davomida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan О‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Vatan timsollari” rukni ostida suratga olingan “Abdurahim Ismoilov: tasvirdagi taqdirlar” hujjatli filmi namoyish etiladi.

    Sizni ushbu muhim tadbirda kutib qolamiz!

     📅 Sana: 15 yanvar

     ⏰ Vaqt: 15:00

     📍 Joy: “Renessans” kino uyi