BDKU Toshkent shahar filiali tanlov asosida iqtidorli yoshlarni qabul qilish

    S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filiali tanlov asosida iqtidorli yoshlarni qabul qilish va shu asnoda milliy kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash,  kino san’atini rivojlantirish birinchi galdagi vazifa bo‘lib qolmoqda, joylardagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish, o‘zbek kinosan’atini yirik namoyondalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirishda motivatsiyalar beriish maqsadida 2025 yil 23 yanvar soat 14-00da  Respublika musiqa va san’at texnikumida ijodiy targ‘ibot uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda Iqbol Meliqo‘ziyev – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali rektori, Sa’atshunoslik fanlari doktori, professor, kinooperator, kinorejissyor, Rustam Sagdullayev – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, kino aktyor, rejissyor, Toxir Saidov – S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, kino va teatr aktyori, Jumaqul Shomurodov- S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali “Ssenariynavisliik” fakulteti dekani, «Respublika musiqa va san’at texnikumi» direktori Ilxom Azimovlar hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali Kino va televediniye rejissyorligi yo‘nalishi 3- kurs talabasi, aktirisa Munisa Magamet Ibragimova o‘quvchilar bilan qizg‘in suxbatlar qizg‘in suxbatlar olib borildi.

    Filialga kino san’ati bo‘yicha  o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar uchun  aniq ma’lumotlar berildi, kinematografiya sohasi bo‘yicha qiziq savol javoblar bo‘lib o‘tdi, S.A.Gerasimov nomidagi BDKU Toshkent shahar filiali yetuk mutaxassislari o‘quvchi yoshlarga  estalik sovg‘alari taqdim qildilar.