Bugun talabalarining bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bо‘lib о‘tdi.
Bugun, 4 fevral 2025 yil S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) Toshkent filialida qо‘shimcha professional ta’lim dasturi bо‘yicha О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor, ssenarist Y.S. Roziqov ijodiy ustaxonasi talabalarining bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bо‘lib о‘tdi.
🎬 Yakuniy attestatsiya doirasida talabalar tomonidan yaratilgan bitiruv malakaviy ishlar (qisqa metrajli badiiy filmlar) namoyish etildi. Bu jarayon kinematografiya sohasida professional rivojlanish uchun muhim bosqich bо‘ldi.
🔹 Attestatsiya komissiyasi tarkibi:
— VK KiT Oliy kurslari rahbar о‘rinbosari, professor, fanlar doktori Sakvarelidze M.A.
— “О‘zbekfilm” kinokonserni ishlab chiqarish bо‘limi rahbari Ahmedxanov A.T.
— О‘zbekiston xalq artisti, professor Ishmuxamedov E.T.
— BDKU rejissyorlik fakulteti dekani, dotsent Skuybin N.T.
— Kinematografiya agentligi ta’lim yо‘nalishini muvofiqlashtirish bо‘yicha bosh mutaxassis Xoshimov A.A.
— Xalqaro bо‘lim boshlig‘i, attestatsiya komissiyasi kotibi Saydullaxо‘dayeva M.R.
🔹 Shuningdek, himoya jarayonida filial direktori, professor I. Meliquziyev, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor, ssenarist Y.S. Roziqov, BDKU professori R.Sagdullayev, о‘quv-tarbiyaviy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari A.Xmirov va bir qator mutaxassislar ishtirok etishdi.
✨ Bu yilgi oliy kurslar bitiruvchilari dasturning ilk bitiruvchilari bо‘lib, ular muvaffaqiyatli ravishda bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi!