Ijtimoiy videorolik.
Ushbu ijtimoiy videorolikni ko‘rib, beixtiyor ulug‘ ajdodimiz Abdurauf Fitratning quyidagi so‘zlari yodga tushdi:
“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”.
Shunday ekan, bebaho madaniyatimizni asrab-avaylashga, ta’lim-tarbiyaga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik…
Videorolik ijodkorlariga esa bugungi kunning eng o‘g‘riqli muammosiga e’tibor qaratib, kishini mulohazaga undaydigan kontent tayyorlaganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.
Youtube vidoega havola: Youtube | Facebook sahifamizga havola: Facebook | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент