“Milliylik– xalqning qalbida”
2025 yil 24 fevral kuni BDKU Toshkent filiali talabalari “Milliylik– xalqning qalbida” mavzusida ijtimoiy rolik suratga olishdi.
🎬 Kinooperatorlik ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Abdurahmonov Jahongir “Kinooperatorlik mahorati” fanidan amaliy dars jarayonida “O‘zbekfilm” kinokonsernining zamonaviy texnik jihozlaridan foydalandi.
(Kinooperator-kinorejissyor, professor Iqbol Meliqo‘ziyev ijodiy ustaxonasi.)
📽 Shuningdek, “Rejissura kino va televideniye” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Munisa Magamet Ibragimova tasvirga olish jarayonida hamkorlik qildi.
(O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dramaturg, kinorejissyor Yusuf Roziqov ijodiy ustaxonasi.)
🎥 Syomka jarayonida professor-o‘qituvchilar, xususan, professorlar R.Sagdullayev, X.Xasanov, shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari jamoa bo‘lib ishtirok etdilar.
Kelajagingizni VGIK bilan quring!
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook