“ZAKOVAT” intellektual tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 27 fevral kuni S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filialida buyuk shoirlar Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur va Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag‘ishlangan “ZAKOVAT” intellektual tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda filial talabalari “Nihol”, “Omad” va “Ijodkor” nomli uch guruhda ishtirok etdilar.
Umumiy ballar yig‘indisiga ko‘ra:
- Ssenariynavislik fakulteti dekani T.S. Muxamedova boshchiligidagi “Nihol” guruhi faxriy 1-o‘rinni egalladi.
- Prodyuserlik fakulteti dekani N.T. Tulyaxodjayev boshchiligidagi “Omad” guruhi 2-o‘rinni egalladi.
- Kadrlar bo‘limi A.A. Yuldashev boshchiligidagi “Ijodkor” guruhi 3-o‘rinni egalladi.