“Tirik tarixdan nurli kelajak sari”
12 mart 2025 yilda O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Tirik tarixdan nurli kelajak sari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida retro filmlar namoyishiga mo‘ljallangan yangi zal foydalanishga topshirildi.
Endi bu yerda har kuni o‘zbek va jahon kinosi durdonalarini tomosha qilish, mashhur kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va filmlar yuzasidan muhokamalar tashkil etish mumkin.
🎞 Shuningdek, Retro film klubi ham o‘z faoliyatini boshladi!
Klub yetakchilari Mastura va Sardor Ishoqovlar san’at shaydolarini bir joyga jamlab, ular uchun unutilmas kino kechalarini tashkil etishni maqsad qilgan.
📢 Tadbirda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent filiali direktori I.M. Meliqo‘ziyev,Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari J.X. Shomurodov, o‘quv-ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.V.Xmirov va filial professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook