Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi
2025-yil 15-mart Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili doirasida amalga oshirishga oid davlat dasturini bajarish chora-tadbirlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining monitoring natijalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari, tizim tashkilotlari mutasaddilari hamda barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Ular qatorida Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti filiali direktori Iqbol Mamasodiqovich ham yig‘ilishda qatnashdi.
Youtube sahifamizga havola: Youtube | Telegram sahifamizga havola: ВГИК Ташкент | Facebook sahifamizga havola: Facebook